Jakartada yong‘in: qurbonlar bor
Indoneziya politsiyasi bugun mamlakat poytaxtidagi binolardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 20 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
“Kompas TV” telekanali xabar berishicha, voqea Jakarta markazidagi yetti qavatli binoda kunduzgi vaqtda sodir bo‘lgan.
Rasmiylar alanga allaqachon bartaraf etilganini tasdiqladi.
M.Pirmatova, O‘zA