Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jakartada dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi
09:59 / 2025-09-11

Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Qit’a birinchiligida 21 davlatdan 196 nafar polvonlar 16 ta vazn toifasida medallar uchun raqobatlashmoqda.

Bugun, 11 sentyabr kuni o‘g‘il bolalar: -50 kg, -55 kg, -60 kg, -66 kg, qizlar esa -40 kg, -44 kg, -48 kg, -52 kg vazn toifalarida bellashadilar. Ushbu bahslarda terma jamoamizning 9 nafar dzyudochisi ishtirok etadi.  

Quyida polvonlarimizning ilk raqiblari bilan tanishasiz:

-50 kg: Muhammadqodir Shodmonov – Zagdzusem Purev (Mug‘uliston)

-55 kg: Abubakr Sattorov – Battsoj Soojdorj (Mug‘uliston)

-60 kg: Muhammadkarim Nosirov – Bayel Abdiqasimov (Qirg‘iziston) / Aarush Dutta (Hindiston)

-66 kg: Sanjarbek Ashurov – Narmatbek Abdraimov (Qirg‘iziston) / Kim Seun Gi (Koreya Respublikasi)

-40 kg: Mohinur Olloberganova – Nikita Nikita (Hindiston)

-40 kg: Dilafro‘z Boltaboyeva — to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalda.

-44 kg: Dinora Hasanboyeva – Munira Manasbekova (Qirg‘iziston)

-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova – Ayajan Rinat qizi (Qozog‘iston) / Izabel Sharan (Hong Kong)

-52 kg: Nigina Umrzoqova – Kvan Chui Yi (Hong Kong) / Park Su Xyun (Koreya Respublikasi)

Ma’lumot o‘rnida: 13-14 sentyabr kunlari Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi to‘liq 18 nafar sportchi bilan qatnashadi. Chempionatda jami 20 davlatdan 198 nafar dzyudochi ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA