FOTOREPORTAJ
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Orol dengizining qurigan hududida atrof-muhitni asrash muammosiga bag‘ishlangan “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda mamlakatimiz hamda 50 ga davlatdan olim va mutaxassislar ishtirok etdi. Konferensiya Orol dengizi bo‘yidagi muammolarga yechim topishda jahon ilm-fani jamoatchiligi e’tiborini jalb qilish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-17089]
Tadbirda so‘z olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R. Saparboyev Orolbo‘yi hududida ekologik muammolar, shu jumladan suv, tuproq, havodagi chang, ekotizim va inson salomatligiga oid muammolarga yechim topish, bu yo‘nalishda xorijiy tashkilotlar va olimlar bilan hamkorlikdagi ishlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, olim va mutaxassislarning ilmiy taqdimotlariga vaqt ajratilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XCEVqtA7ZK8" title="Jahonning olim va mutaxassislari Orol dengizi boʻyidagi muammolarga yechim topish yoʻlida birlashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Tadbir ishtirokchilari Qoraqalpoq davlat universitetiga yoshlar qamrovini oshirish, bu yerda talabalar va magistrantlarning o‘qib bilim olishi uchun yaratilgan sharoit, professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA