Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahonning yetakchi arxeolog olimlari Axsikentda
09:57 / 2023-09-30

FOTOREPORTAJ

Xitoy Shimoliy g‘arbiy universiteti, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, Tojikiston va Qirg‘iziston milliy universitetlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxeologiya markazi professor-olimlari Axsikent arxeologiya merosi ob’ektiga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar dastlab, Farg‘ona vodiysi arxeologiya yodgorliklarining saqlanishi, ilmiy o‘rganilishi va ochiq osmon ostidagi muzeylarning barpo etilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdi.

[gallery-13808]

Hozirgi kunda Axsikent yodgorligi hududida tashkil etilayotgan muzeylar soni to‘qqiztaga yetishi va Arxeologiya parkini tashkil etish bo‘yicha loyiha yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etildi. 

– Axsikent yodgorligi asosida Arxeologiya parkining tashkil etilishi menda katta taassurot qoldirdi, - deydi Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti professori Liu Tao. – Bu borada O‘zbekiston Xitoy, Italiya va Turkiya darajasiga chiqmoqda.

Shuningdek, mehmonlar Axsikent yodgorligi tarixi va kelajakda olib boriladigan tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Axsikent yodgorligining mudofaa devorlari va yer osti suv inshootining saqlanishi, qurilish texnologiyasi mehmonlarda ayniqsa, katta taassurot qoldirdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA