Jahonning nomdor polvonlari Sirdaryoda bellashmoqda
Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston belbog‘li, bel olish va uch kurash milliy assotsiatsiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan sportning bel olish va uch kurash turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslariga start berildi.
Jahon chempionati doirasida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda jahon chempionatiga tashrif buyurgan Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Moldoviya,Gruziya, Ozarbayjon va qo‘shni Qozog‘iston,Tojikiston,Qirg‘iziston va boshqa bir qator mamlakatlarning delegatsiya rahbarlari ishtirok etib, jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.


Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati oldidan bel olish va uch kurash sport turi bo‘yicha xalkaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kongressda Xalqaro belbogli, bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi tuzildi. Xalkaro tashkilotning raisi etib Norkul Yusupov saylandi.


Jahon chempionati bahslari davom etmoqdv.
T. Ro‘ziyev.
O‘zA muxbiri