Yaponiyaning "Tokyo Electric Power" (TEPCO) kompaniyasi Kashivazaki-Kariva yadro elektr stansiyasidagi 6‑reaktori faoliyatini birdaniga to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Qurilma atigi bir kun avval taxminan 14 yillik tanaffusdan so‘ng ishga tushirilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, nazorat qismini ishlatish jarayonida ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq chalingan va kompaniya texnik nosozlik sababini aniqlash uchun reaktor faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan.
Stansiya boshqaruvchisi Takeyuki Inagaki jurnalistlarga yuzaga kelgan holat sababini puxta tekshirish zarurligini aytgan. Oldinroq TEPCO nazorat panelidagi elektr komponentlarini almashtirgan bo‘lsa-da, muammo bartaraf bo‘lmagan. Qayta ishga tushirish muddati hozircha noma’lum.

Bu voqea Fukusima inqirozidan so‘ng kun chiqar yurtda ilk bor 6‑reaktorni ishga tushirish amaliyotini keskin qiyinlashtirdi. TEPCO aksiyalari shu kuni 3,5 foiz arzonlashgan. Yadro xavfsizligi va texnik tekshiruv masalasiga jahon miqyosida kuchli e’tibor qaratilayotgan bir payt bu hodisa energiya sanoatida jiddiy xavotir uyg‘otdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA