English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahongir “Yoshlar daftari” orqali o‘z yo‘lini topdi (+video)
19:23 / 2024-09-10

Bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj 21 minga yaqin yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.

“Yoshlar daftari” orqali o‘z yo‘lini topgan yoshlardan biri Jahongir Bahromovdir. U ham ilm tarqatish yo‘lida savobli ishga kirishgan. 

Intiluvchan, tirishqoq Jahongir Bahromov Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Navro‘z mahallasida yashaydi. U o‘z mahallasida xususiy maktab ochib, hozirda mahalla yoshlariga sifatli bilim berib kelmoqda. 

Jahongir mahalla yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati orqali kompyuter uchun 12 million subsidiya mablag‘i hamda 500 million kredit olib, o‘quv markazi faoliyatini rivojlantirishga sarflagan. 

Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ppIe_LOZej8" title="Jahongir “Yoshlar daftari” orqali oʻz yoʻlini topdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA