Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahongir Tolibjonov: 2026 yilda kimyo mahsulotlari eksportini yanada kengaytiramiz
11:55 / 2025-12-15

"O‘zkimyosanoati" AJ tizimidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki O‘zbekistonda kimyo sanoati sohasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega. Texnoparkda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va investitsiya loyihalari amaliyotga joriy etilmoqda. Bu nafaqat mahsulot hajmini oshirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkining iqtisodiy va moliyaviy tahlil bo‘limi boshlig‘i Jahongir Tolibjonovning ma’lumot berishicha, hozirgi kunda texnopark hududida turli davlatlar ishtirokida 25 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Rezidentlar tomonidan shu kunga qadar umumiy qiymati 100 million AQSH dollariga teng investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bu ishlar natijasida 954 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 26 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilindi hamda 798 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, davlat byudjetiga 75 milliard so‘m soliq tushumlari ta’minlandi.

– Joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 36,5 million AQSH dollari bo‘lgan 8 ta loyiha ishga tushirildi va qo‘shimcha 312 nafar yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu ko‘rsatkichlar texnoparkning iqtisodiy barqarorligi va investitsiyaviy jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

2026 yilga mo‘ljallangan holda umumiy qiymati 40 million AQSH dollariga teng 5 ta yangi investitsiya loyihasi paketi shakllantirilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini 140 million AQSH dollariga yetkazish, 1 019 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 28 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda,  – dedi u.

Ahamiyatlisi, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat sanoatni modernizatsiya qilishga, balki iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, eksport salohiyatini kuchaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, uning barqaror rivojlanishi va kelgusi rejalari  mamlakatimiz sanoati va iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA