Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahongir Ortiqxo‘jayev Uchtepa tuman hokimiga hayfsan berdi
23:30 / 2021-11-24

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida Uchtepa tumani hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda Jahongir Ortiqxo‘jayev ko‘pgina sohalarda ba’zi mas’ullarning o‘z vazifasiga loqayd, mas’uliyatsizlik, yuzaki yondashish holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid qilgani qayd etilgan.

Xususan, bular maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, ta’lim sifati, bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishidagi past ko‘rsatkichlar, shuningdek, maktabgacha ta’lim, qurilish, mahallalardagi tozalik, kichik korxonalardagi ish sharoitining talabga javob bermasligi, ko‘chat ekish jarayonidagi yuzakichilik, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketilmasligi holatlaridir.

Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Ismatov, L.Almanov, Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N.Xanto‘rayeva, Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Qurbonov hamda turizm va sport bo‘limi boshlig‘i B.Nasibaliyev lavozimlaridan ozod etilgan.

Bundan tashqari, tuman hokimi F.Abdullayevga esa hayfsan berilgan.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga o‘z faoliyatini jiddiy ko‘rib chiqish, tanqidlardan tegishli xulosalar chiqarish, ishda ijobiy o‘zgarishlar qilish vazifasi yuklatildi.

 

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA muxbiri