Arab yangiliklari (arabnews) nashri xabar berishicha, jahon yetakchilari Marokashdagi zilzila qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Podshohlik Marokash xalqi bilan birdamligini qayd etgan.
– Men birodarim qirol Muhammad VI va Marokash xalqiga mamlakatda yuz bergan dahshatli zilzila munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiraman. Biz og‘ir damda Marokash bilan birgamiz, jabrlanganlarning barchasi tezroq tuzalib ketishini tilaymiz, - dedi Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid.
Misr, Falastin va Iordaniya ham ta’ziya izhor etib, Marokash hukumati, xalqi bilan zilziladan keyin “to‘liq birdam”liklarini yana bir bor tasdiqladi.
Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida dunyo yetakchilarini qabul qilgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakati “bu og‘ir vaqtda Marokashga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor"ligini aytdi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun yordam taklif etdi.
Shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Shols, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ispaniya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pedro ham zilzila munosabati bilan taziya bildirishdi.
Turkiya Marokashda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan kayg‘uda ekanini bildirgan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an “Do‘st va qardosh Marokash xalqini, birodarlarimizni bor imkoniyatimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz” dedi.
Afrika Ittifoqi komissiyasi rahbari Mussa Faki Muhammad zilziladan “kuchli og‘riq” his qilganini aytib, Marokash xalqi va qurbonlarning oila a’zolariga “samimiy xamdardlik” izhor etdi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA