Yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida juda ko‘p masalalar qatori turkiy tillar bilan bog‘liq muhim bir voqea ham sodir bo‘ldi. Ya’ni, Turk tillari qadim madaniy meros sifatida qabul qilinishi turkiy dunyo va umumiy tilimiz rivoji, kelajagi uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Ushbu jarayonning mantiqiy davomi o‘laroq, joriy yil 15 dekabr kuni Anqara shahrida Turk tili jamiyati (TDK) tashabbusi bilan tashkil etiladigan “Jahon Turkiy tillar oilasi kuni” nishonlanadi.
Tadbirda sohaning yetuk mutaxassislari, jumladan TDK raisi professor doktor Osman Mert va bir necha taniqli professor turk tillari oilasining buguni va kelajagi haqida tinglovchilar bilan munozara olib boradi.
Janob Osman Mert jamoatchilikni mazkur nufuzli anjumanda faol qatnashishga chaqirarkan, shunday dedi:
– Til har qanday millatning hofizasi va guvohnomasidir. Shu ma’noda Adriatikadan Buyuk Xitoy devorigacha cho‘zilgan juda keng hududni egallagan turkiy til barchamizni birlashtirib turuvchi uzilmas rishtadir. Ushbu tadbirda qadim o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va rivojlanayotgan texnologiya vositalari yordamida barpo etiladigan umumiy kelajagimiz muhokama qilinadi. Anqaradan ko‘tariladigan navbatdagi sas birodarligimiz va ko‘hna цивилизациямизнинг yangroq sadosi bo‘lib taralishiga shubha yo‘q.
Nodira Kayimova, O‘zA