English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlari Buxoroda
15:48 / 2025-09-27

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yevropa mintaqaviy byurosi ekspertlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maqsad TESSy tizimi ma’lumotlarini tahlil qilish, mavsumiy va epidemik faollik chegaralarini, kuzatuvchi epidnazorat punktlarining tayyorligini tekshirish, protokol va standart amaliy tartiblarni, elektron ma’lumotlarni boshqarish tizimi (EDMS) samaradorligini baholash, Mosaic viruslariga oid epidnazorat tizimi seminariga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Mehmonlar ekspert-konsultantlar va mutaxassislar markaz filialining diagnostika va davolash bo‘limlaridagi ish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, mas’ul shaxslar uchun amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. 

Seminar OO‘RI (TORI) bilan kasallangan bemorlarni ro‘yxatga olish tartibi, dozorli klinik, epidemiologik va laboratoriya nazoratini tashkil etish, namunalar olish, saqlash va tashish qoidalari, elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish va hisobot yuritish tartibi, GO‘K, O‘RI, OO‘RI bo‘yicha diagnostika to‘plamlari, reagentlar va sarflov materiallaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarda o‘tkazildi. 

Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob oldi. Ekspertlar markaz filialining samarali faoliyati, diagnostika va davolash ko‘rsatkichlari yuqoriligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.