Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon shaxmat toji uchun kurashadiganlar qatorida yurtdoshimiz bor
15:26 / 2025-11-24

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tizimida 2026 yilgi eng kutilgan musobaqalardan biri bu, shaxmat toji uchun kechadigan FIDE nomzodlar turniri hisoblanadi.

Kelgusi yilning 25 mart-5 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan da’vogarlar turnirida umumiy hisobda dunyoning 8 nafar eng kuchli shaxmatchisi ishtirok etishi belgilangan.

Kuni kecha Hindistonda davom etayotgan jahon kubogi yarim final o‘yinlari yakunlangunga qadar 5 nafar qatnashchi nomi ma’lum edi. Jahon kubogining finalchilari aniqlangandan so‘ng nomzodlar musobaqasining 7 nafar ishtirokchisi rasman tasdiqlandi. Ular: AQSH vakillari Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa, niderlandiyalik Anish Giri, germaniyalik Mattxias Bluyebaum, xitoylik Vey I va hamyurtimiz Javohir Sindorov.

Bugun 24 yanvardan boshlanib, 26 noyabrga qadar davom etadigan jahon kubogining 3-o‘rni uchun Nodirbek Yoqubboyev va Andrey Yesipenko bahsida nomzodlar turnirining so‘nggi vakili nomi ma’lum bo‘ladi.

Xo‘sh, nomzodlar turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi qanchadan iborat bo‘lib, uning ayollar musobaqasi va erkaklar bahsi uchun mukofot miqdori qanday taqsimlanadi?

Xalqaro shaxmat federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni Dommaradju Gukeshga qarshi kurashadigan shaxmatchini aniqlaydigan saralash turnirining so‘nggi bosqichi bo‘lgan nomzodlar turnirida aytib o‘tganimizdek, 8 nafar ishtirokchi 22 kunlik bahslarda kurash olib boradi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million yevrodan iborat bo‘lib, ochiq bahslar uchun 700 million, ayollar musobaqasi uchun 300 million yevroni tashkil etadi.

Bugungacha nomzodlar musobaqasining sanasi ma’lum bo‘lsa-da, o‘tkaziladigan hudud nomi e’lon qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Meksikaning Toronto shahrida o‘tgan 14-nomzodlar turnirida hindistonlik Dommaradju Gukesh g‘alaba qozonib, bir yil muqaddam noyabr oyida jahon chempioni xitoylik Din Lijendan chempionlik tojini tortib olgandi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA