Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon qarzi bu yil rekord darajaga ko‘tariladi
14:52 / 2020-11-22

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi jahon global qarzi rekord darajaga ko‘tarilib, 277 trillion dollarni tashkil etishi kutilmoqda, deyiladi “lenta.ru” axborot portalining Xalqaro moliya instituti hisobotiga asoslanib tarqatgan xabarida.

Global qarzning hozirgi qiymati o‘tgan yil yakunidagi holatga nisbatan 15 trillion dollarga ko‘p.  

Mutaxassislar dunyo miqyosidagi qarzlarning o‘sishiga davlatlar va korporatsiyalar tomonidan past foiz stavkalar hisobiga berilgan kreditlar sonining ko‘payganligini sabab qilib ko‘rsatmoqdalar.  

Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari dunyodagi barcha davlatlarning bu yilgi milliy qarzlari tarixda birinchi marta dunyo YAIMga nisbatan  101,5 foizni tashkil etib, so‘nggi bor ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda kuzatilgan rekordni yangilashini qayd etgan edilar.