Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar ta’sirida chetdan jalb qilinadigan resurslar narxi oshayotgani qayd etildi
16:37 / 2022-11-07

Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Dunyodagi murakkab vaziyat, transport-logistika va ishlab chiqarish zanjirlaridagi uzilishlar, energoresurslar bilan bog‘liq muammolar mamlakatimizga ham ta’sir qilayotgani ta’kidlandi.

Jahon moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar ta’sirida chetdan jalb qilinadigan resurslar narxi oshayotgani qayd etildi.

Shu bois, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq rahbarlari, hokimlar bu qiyin sharoitda imkoniyat izlashi, bor salohiyatni ishlatishi, taklif va tashabbus ko‘rsatishi kerakligi, kelgusi yilga o‘ziga aniq reja va mas’uliyat olishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yilning 9 oyida sanoat 5,3 foizga o‘sdi. Lekin 65 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish 1,6 trillion so‘mga kamaygan.

Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish qisqargan tarmoqlardagi korxonalarga aylanma mablag‘i, solig‘i, transportiga yordam berib, to‘la quvvatga chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.

O‘zA