French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon mobil kongressida O‘zbekiston raqamli tashabbuslarni ilgari surmoqda
15:19 / 2026-03-10

Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tayotgan Jahon mobil kongressi (MWC) doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov GSMA rahbariyati hamda qator yirik IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Vazir kongressning ochilish marosimi va qator sessiyalarda ishtirok etib, sun’iy intellektni jadal rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2025-yilda qabul qilingan qarorlarga muvofiq sun’iy intellekt milliy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani qayd etildi.

Tadbir davomida internet qamrovini kengaytirish, sun’iy yo‘ldosh aloqasi xizmatlarini rivojlantirish, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar infratuzilmasini mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda data-markazlar barpo etish uchun yaratilgan sharoitlar taqdim etilib, investorlar hamkorlikka taklif etildi.

Kongress doirasida ilk bor O‘zbekiston IT Park milliy stendi ham tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar joriy yil 20-21-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “GSMA M360 Eurasia” xalqaro kongressiga taklif etildi.

Nigora Rahmonova,  

O‘zA