Hamkorlarimiz sahifalarida
Bosh vazir o‘rinbosari va Prezident sudi vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon homiyligida o‘tkazilayotgan anjuman media industriyasi uchun muhim platformani taqdim etadi. Unda 170 dan ortiq brendlar ishtirok etishi kutilmoqda. “Jahon Media Kongressi”da butun dunyodan 162 dan ortiq ma’ruzachilar ishtirok etib, unda asosiy 6 ta yo‘nalish, 29 ta mamlakatdan ko‘rgazma, 1200 nafar konferensiya delegati, 170 kishi xaridorlar, 30 ta sessiyalar bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchilar, ziyolilar, kashshoflar, ekspertlar va media soha mutaxassislari media sanoati sohasida ixtisoslashgan ko‘rgazma va konferensiyada o‘z salohiyatini taqdim etadi va turli media institutlariga sheriklik hamda hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish imkoniyatini beradi. Barqaror, ishonchli kontent orqali insoniyatga xizmat qilish, uning baxt-saodati, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan sivilizatsiyali va insonparvar vositalarni rivojlantirish mexanizmlarini namoyon qiladi.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada 29 davlatdan 170 dan ko‘p taniqli OAV va kompaniyalar ishtirok etadi. Ular ushbu muhim sohalarga ixtisoslashgan eng so‘nggi xalqaro texnologiyalarni namoyish etib, Yaqin Sharqda birinchi marta o‘tkazilayotgan bir qator qo‘shimcha tadbirlarni, shu jumladan, “Jahon Media Kongressi”ning birinchi sessiyasini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri dunyoning eng yaxshi texnologiyalari, xizmatlari va bilimlarini namoyish qilish uchun dunyodagi taniqli xaridorlar hamda yetkazib beruvchilarni birlashtirgan ajoyib platformani taqdim etish uchun butun dunyodan 170 dan ortiq xaridorlarni birlashtirgan Global Buyers dasturini o‘z ichiga oladi.
Kongress shuningdek, oltita asosiy tashabbusning guvohi bo‘ladi: Jonli oqim platformasi, Global yosh ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlarini kengaytirish dasturi, Kelajak media laboratoriyasi, Innovatsion platforma va global xaridorlar dasturi, OAVning madaniyatini oshirishdagi roliga bag‘ishlangan maxsus sessiya, Insoniyat jamiyatidagi bag‘rikenglik.
Birinchi bo‘lib o‘tadigan Global tadbirda ma’ruzachilar orasida qaror qabul qiluvchilar, fikrlovchi yetakchilar va yuqori martabali amaldorlar bor, jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining Yoshlar ishlari bo‘yicha Davlat vaziri Shamma bint Suxayl Al-Mazrui, Bahrayn axborot vaziri Ramzan bin Abdulloh Al-Nuaymi, Zimbabve axborot, reklama va radio eshittirish vaziri Monika Mutsvangva, Dubay hukumati matbuot xizmati bosh direktori Mona G‘anem Al-Marri, Hindiston Axborot va radio eshittirish vazirligi kotibi Apurva Chandra va Fransiyadan Euronews Network raisi Maykl Peters. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Neom shahri Raqamli Media, Madaniyat va uslub kompaniyasining bosh direktori Vayn Berg, Shveysariya Jahon iqtisodiy forumi jamoat va ijtimoiy masalalar bo‘limi bosh direktori doktor Adrian Monk, Vatikan aloqa departamenti dekani doktor Paolo Ruffini, Amirliklar aloqa guruh bosh direktori Ma’sud Sherif Mahmud va CNN vitse-prezidenti BAAdan CNN Arab tilida uzatish bosh muharriri Karolin Faraglar ham bor.
Biz “Jahon Media Kongressi”da keng ko‘lamli dasturlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, innovatsiyalar markazi va boshqa qiziqarli tadbirlar bo‘lishini e’lon qilishdan mamnunmiz, dedi Amirliklar axborot agentligi (WAM) bosh direktori va “Jahon Media Kongressi” oliy tashkiliy qo‘mitasi raisi janobi oliylari Muhammad Jalol Ar-Rayssi. – Muhim nuqtalardan biri kelajakdagi media-laboratoriya bo‘ladi. Ushbu media laboratoriyalar beshta sessiyadan iboratdir.
Anjuman yosh jurnalistlar uchun “Al-Ittihod” gazetasi tomonidan OAV mutaxassislari va media tadqiqotchilaridan iborat bo‘lgan “Raqamlashtirish asrida milliy media” deb nomlangan bir nechta uchrashuv va forumlarni o‘tkazadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA