Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jahon matbuoti sahifalarida”
20:26 / 2023-01-12

Qirg‘iziston xorijiy investorlar uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda

Investorlar mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissa miqdoriga qarab, 5 yildan 10 yil muddatgacha viza olishlari mumkin bo‘ladi  

«Anadolu» AA. «Kabar» AA, Bishkek. Qirg‘iziston Parlamenti (Jogorku Keneshi) deputatlari “Tashqi migratsiya to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. «Kabar» agentligining ma’lum qilishicha, me’yoriy hujjat chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun viza olish jarayonini soddalashtiradi,  biznes-vizalarning amal qilish muddatlarini uzaytiradi va investorlarga mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shishning bir qancha variantlarini taklif qiladi.  

Chet el fuqarolari, xususan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli vizalarni olish huquqiga ega bo‘ladi. Qonun loyihasida sarf qilingan mablag‘ni  gradatsiya qilish taklif etilgan. Unga ko‘ra, 10 million som sarmoya kiritgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 5 yil muddatga, 20 million som sarmoya kiritgani esa 10 yil muddatga viza olish huquqiga ega bo‘ladi. 

Turkiya Respublikaning 100 yilligi munosabati bilan yirik sport musobaqalariga mezbonlik qiladi  

Mamlakat futbol, yengil atletika, voleybol, gandbol, gimnastika, kurash, dzyudo va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalarga mezbonlik qiladi

«Anadolu» AA. Anqara.  2023 yilda Respublika tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan Turkiyada qator yirik sport tadbirlari o‘tkaziladi. Mamlakat futbol, yengil atletika, voleybol, gandbol, gimnastika, kurash, dzyudo, taekvando, katta tennis, shaxmat, ot sporti, kamondan o‘q otish, triatlon, boks, bilyard, suv polosi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalarga mezbonlik qiladi.  

Turkiyada o‘tkaziladigan muhim xalqaro sport tadbirlari ro‘yxatidan UEFA chempionlar ligasi finali, Yopiq inshootlarda yengil atletika bo‘yicha Yevropa chempionati, Yopiq inshootlarda o‘q otish bo‘yicha Yevropa chempionati, Badiiy gimnastika bo‘yicha Yevropa chempionati, Bilyard bo‘yicha jahon chempionati, Aerobik gimnastika bo‘yicha Yevropa chempionati, Motokross bo‘yicha jahon chempionati kabilar o‘rin olgan.  

Birinchi xalqaro musobaqa yanvar oyi oxiri-fevral oyi boshida Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Megapolisda xokkey bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. 10 iyun kuni esa futbol jamoatchiligining e’tibori Turkiyaga qaratiladi. Bu kunda Otaturk nomidagi Istanbul stadionida UEFA chempionlar ligasining titul sohibi aniqlanadi.  

Bizning “Jahon  matbuoti  sahifalarida” nomli  yangi ruknimizga oid tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.  

I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA