BMT rahbari kirib kelayotgan yilni “Tinchlik va harakatlar yili” deb e’lon qildi
20 dekabr, Boku, AZERTAJ. 2022 yilda dunyo ko‘plab sinovlarga duch keldi, bir yil oldin ularning ayrimlarini tasavvur qilish qiyin edi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yakunlanayotgan yil sarhisoblariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “AZERTAJ” BMT yangiliklariga tayanib.
«Afsuslanish uchun sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin, – deb tan oladi Antoniu Guterrish. – Geosiyosiy kelishmovchiliklar global muammolarni hal qilishni tobora qiyinlashtirmoqda, ba’zan esa ilojsizlikka olib kelmoqda. Hayot qiymatining inqirozi boshqacha tus olib, tengsizlik kuchaymoqda. Dunyoning aksariyat qashshoq mamlakatlari defolt yoqasida turibdi».
BMT rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu va boshqa ko‘plab muammolar ayrimlarning hafsalasini pir qilishga va xalqaro muammolarni hal etishda diplomatiyadan voz kechishga majbur qilmoqda.
«Biz vaziyatni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qila olmaymiz,– dedi u. – Biz tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va tengsizlikka qarshi kurashish, ma’naviy jihatdan bankrot bo‘lgan xalqaro moliya tizimini isloh qilish, inson huquqlarini ta’minlash maqsadida yechim topish va harakat qilishga majburmiz. Biz farzandlarimiz va nabiralarimizga yashash uchun qulay sayyora qoldirishimiz kerak».
Buxarestda Ozarbayjon, Gruziya, Ruminiya va Vengriya hukumatlari o‘rtasida yashil energiya sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi
17 dekabr, Buxarest, AZERTAJ. Buxarestda “Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Ruminiya va Vengriya hukumatlari o‘rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim” imzolandi.
“AZERTAJ” xabar qilishicha, hujjatni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Ruminiya Bosh vaziri Nikolaye Chuke, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban imzoladi. Hujjatni imzolash marosimida Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi.
I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA