Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon matbuoti sahifalarida
10:09 / 2020-08-16

“Buyuk yondashuv”: Xitoy Mars sayyorasiga oʻz appartini uchirishga tayyorlanmoqda.


“Buyuk yondashuv”: Xitoy Mars sayyorasiga oʻz appartini uchirishga tayyorlanmoqda.

MK.ru Xitoy kosmik dasturi doirasida Mars sayyorasiga ilk parvozniamalga oshirmoqchi.

Mars va Yer oʻrtasidagi minimal masofa qariyb 55 million kilometrni tashkil etadi. Bu har 26 oyda yuz beradi, deb xabar beradi “China Aerospace Science and Technology Corporation” missiyasi pudratchisi. Joriy yil Yer va Mars iyul-avgust oylari oraligʻida bir-biriga eng yaqin masofaga keladi.

Amalga oshiriladigan parvoz Xitoy kosmik dasturi doirasidagi toʻrtinchi parvoz boʻlishi kutilmoqda. Shu vaqtgacha 2019-yil oxirida eng zamonaviy raketa yergaqaytib kelgan, 2017-yil iyulda esa boshqa bir raketa parvozi muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

Bu gal Xitoy ekspertlari Marsga uyushtiriladigan parvozning muvaffaqiyatli chiqishiga ishonch bildirmoqda. Mutaxassislar fikricha, ushbu tajriba Qizil sayyorani tadqiq etishda juda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.

***

Arab dunyosining ilksayyoralararo missiyasi Marsga parvoz qilishni maqsad qildi

Birlashgan Arab Amirliklari arab dunyosining sayyorarlararo missiyasininishonlagan holda, Marsga oʻz kosmik apparatlarini muvaffaqiyatli uchirdi.

“Al-Amal” (arab tilida umid maʼnosini anglatadi) nomli apparat 20-iyulda biroz kechikkan holda Yaponiyaning Tanegasima orolidagi kosmodromdanparvozini boshladi.

Raketadan qattiq yonilgʻi quyish moslamalari ajralib tushdi va zond Dubaydayer segmenti bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatdi.

“Zond yordamida toʻplangan maʼlumotlar bizning bilimlarimizni yana-da boyitadi”, - dediDubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid Al Maktum Tvitterdagioʻz akkauntida. — Bu bizning dunyo taraqqiyotiga qoʻshadigan hissamizdir".

“Al-Amal” apparati Dubay Kosmik markazida Kolorado universitetining atmosfera va fazoviy fizika laboratoriyasi bilan hamkorlikda ishlabchiqilgan vaBAA tashkiltopganining 50 yilligi nishonlanadigan 2021-yil fevraldaQizil sayyoraga yetib boradi.

«Zond sayyora sirtidan 22 mingdan 44 ming kilometrgacha boʻlgan masofada mars ekvatori tekisligiga teyarli toʻgʻri keladigan orbitadanmaʼlumot toʻplaydi.

Kosmik zond butun Mars yili davomida orbitada boʻladi. Bu Yerdagi 687 kunga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, Amerikaning “Mars-2020” NASA “Perseverance” hamdaXitoyning “Tianwen-1” apparatlari ham 2020-yilning yozida Mars sayyorasiga uchishi rejalashtirilgan.

BAA, AQSH va XXR aynan joriy yil Marsga parvoz amalga oshirayotgani bejiz emas. Zero, aynan shu yili Yer va Marsbir-biriga nisbatan eng yaqin masofada turibdi. Bu holatkosmiksayohat qisqaligini taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Forz koʻrfazi mamlakati 2014-yil oʻz kosmik agentligiga asos solgan. Oʻsha yili BAA 100-yildan soʻng – 2117-yil Marsni zabt etishi haqidagi niyatini maʼlum qildi. “Umid” zondi – BAAning rivojlanib borayotgankosmik tarmoqdagi eng muhim qadamidir.

***

Olimlarning buyuk kashfiyoti: aqliyqobiliyatni “ekish mumkin”

Science” jurnali.AQSH va Rossiyada donor plazmasidagi moddalarmiyaning kognitiv xususiyatlarini ragʻbatlantirishi mumkinligini isbotlovchi tajribalaroʻtkazildi.

Jismoniy mashq miya faoliyatini yaxshilaydi. Kaliforniya universiteti olimlari sichqon qonida jismoniy zoʻriqish payti qonga tushadigan oqsilni aniqlashdi.Agar shu qon keksa sichqonga quyilsa, faollik va kognitivxususiyatlar sezilarli darajada yaxshilanadi.

Izlanuvchilar shu tariqa keksalar va yotib qolgan bemorlarni suriladigan demensiyadan xalos qilish mumkin, degan xulosaga kelishdi. Tajriba oldin yosh, keyin qari sichqonlar qonida oʻtkazilgan.

Yangi eksperiment oʻrta va katta yoshdagi sichqonlarda oʻtkazilgan. Bir guruhsichqonlarni olti hafta davomida gʻildirakda yugurishga majbur qilishgan.Soʻng jonivorlar qon plazmasi harakatsiz oʻtirgan sichqonga quyilgan. 8marta qon quyilishidan soʻng 3 hafta davomida gipodinamiyali sichqonlar xotira va oʻrganish bilan bogʻliq sinovlarni, qon plazmasi quyilmagan sichqonlarga nisbatan yaxshi topshirgan.

***

Afrika ikkiga boʻlinadi: yangi okean paydo boʻladi

NBC News.Yaqin kelajakda Afrika oʻrnida yangi okean paydo boʻlishi mumkin. Olimlar fikricha, Nubian, Somali va Arabiston tektonik plitalarining parchalanishi hozirgi Efiopiya hududidagi kontinent boʻlinishigaolibkeladi.

Besh-oʻn million yillardan soʻngbu yerda tektonik parchalanish yuz beradi. Natijada Qizil va Arab dengizlarini birlashtiradigan yangi okean paydo boʻladi. Aslida, bu jarayon allaqachon boshlangan. 2005-yil qisqa muddatda uchta plitaning tutash joyida 50 kilometrdan ortiq uzunlikdagi parchalanish boshlangan va plitalar asta-sekin bir-biridan uzoqlashmoqda.

***

Demograflar Yerning yaqin oʻn yillikdagi kelajagi toʻgʻrisida hayratomuzbashorat qilishdi

The Lancet jurnali. Kelajakda Afrika dunyodagi aholisi eng koʻp qitʼaga aylanadi. Demografiya sohasi mutaxassislari yaqin kelajakda katta oʻzgarishlar roʻy berishini bashorat qilmoqda: 2050-yildan soʻng Yer aholisiqisqarishi mumkin.

2064-yil sayyoramiz aholisi qariyb 9,7 milliardga yetadi, biroq 2100-yilgaborib bu raqam 8,8 milliardgacha qisqaradi, deb yozgan “The Lancet” tibbiyot jurnali. Demografik tahlillar shunikoʻrsatadiki, zamonaviy kontratsepsiyausullari takomillashishi va ayollarning tobora koʻproq taʼlim olishi global tugʻilish darajasi pasayishi katalizatori boʻlishi mumkin. Tadqiqotga koʻra,23 mamlakat, jumladan, Yaponiya, Ispaniya va Italiya aholisi yarim baravarqisqaradi,yana 34 ta davlat, jumladan Xitoyda ham aholi soni kamayishi25 foizdan oshadi.

2100-yilga borib dunyo miqyosida 80 dan oshgan insonlar besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan ikki baravar koʻpayib ketadi. Bu mehnatga layoqatli aholi soni oʻzgarganini koʻrsatadi. Xitoy, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi mamlakatlarda ishchi kuchi keskin qisqarishi yuz beradi, bu iqtisodiyoʻsishsekinlashuviga olib keladi.

«Yevropa va Osiyo taʼsiri kamaygan bir paytda Afrika va arab dunyosi bizning kelajagimizni belgilab beradi. Dunyo yuz yillik oxiriga borib, koʻp qutbli boʻladi va Hindiston, Nigeriya, Xitoy, AQSH dominant kuchga aylanadi”.

Aholi soni oshishi boʻyicha Afrika mamlakatlari yetakchilik qiladi. 2100-yilga borib, Niger 765, Chad 710, Janubiy Sudan 594 va Mali321 foiz aholioʻsishiga erishishi bashorat qilinmoqda.

Ayni payt Latviyada, taxminlarga koʻra, aholi soni eng koʻp – 78, Salvadorda77 foizgaqisqarishi kuzatiladi.

Xitoy jadvalda birinchi oʻrindan uchinchi oʻringa tushadi, mamlakat aholisi toʻrt baravar qisqaradi. Tadqiqotda qayd etilishicha, immigratsiya aholi soni qisqarishini qoplash usuliga aylanishi mumkin. Agar “Lancet” jurnalidaqayd etilgan prognozlarning “hech boʻlmaganda yarmi toʻgʻri” chiqsa, “migratsiyabarcha davlatlar uchun zarurat emas, tanlovga aylanadi”.

***

Britaniyalik professor sogʻlom ovqatlanish, tuz va ozish haqidagi afsonalarni yoʻqqa chiqardi

The Mail On Sunday. Britaniyalik professor Tim Spektorning qayd etishicha, ovqatlanish toʻgʻrisida bilganlarimizning barchasi notoʻgʻri.Olimningfikricha, ayrim hollarda nonushtani oʻtkazib yuborish ham mumkin, vegetarianlik hamisha ham inson salomatligi uchun foydali emas, chipstarkibidagi tuz esa yurak xurujini keltirib chiqaradi. U “kamroqyogʻ va shakar yeng” deb yozadi.

Bir kunda besh marta ovqatlaning. Kraxmalga boy sabzavot koʻproq isteʼmol qiling. Tanovul vaqtini hech qachon oʻtkazib yubormang. Tez-tez va kamroqovqatlaning. Bir kunda kamida 8 stakan suv iching. Nonushtani oʻtkazib yubormang. Goʻsht va sut mahsulotlarini kamroq isteʼmol qiling. Koʻproq baliq yeng. Koʻproq mashq qiling.

Men olim va shifokorman.Oʻz tadqiqotimda ovqatlanish vaparhez toʻgʻrisidabilganlarimizni tahlil qilishga qaror qildim. Natijalar meni hayratga solibgina qoʻymay, ovqatlanish vasalomatlikning koʻplab jihatlari haqidagi fikrimni qaytadan koʻrib chiqishga ham majbur qildi”, - deydi professor.

“Maʼlumotlar aksini koʻrsatdi, – deydi professor Spektor. – 12 soatdan ortiq davom etadigan ochlik organizmdagi insulin darajsini pasaytirib, ayrim kishilarga ozish uchun yordam berishi mumkin, degan fikr mavjud.Dalillar yetishmasligiga qaramay, hukumatlar agar biz kasalliklar xavfini kamaytirmoqchi boʻlsak,kamroq goʻsht isteʼmol qilib, buning oʻrniga haftasiga ikki-uch porsiya baliq yeyishimiz kerakligini uqtirishadi”.

Tuz haqidagi yana bir afsona: “Bir paytlar bizni tuz xavfidan ogohlantirishgandi.Aslida, tuzni kam isteʼmol qilish boʻyicha olib borilgantadqiqotlar yurak huruji, insult va oʻlim holati xavfini kamaytirmadi”.

Professorning12 ta oddiyqoidasi:

1. Turli xilovqatlar, asosan oʻsimlik asosidagi, qoʻshimcha kimyoviy moddalar qoʻshilmagan taomlar isteʼmol qiling.

2. Ilmiy dalillarga ishonmang.

3. Marketingga aldanib qolmang.

4. Oʻz organizmingizni oʻrganing va bilingki, hech qachon oʻrtacha statistik organizm boʻlmaydi.

5. Ozuqa turli-tuman boʻlishiga harakat qiling!

6. Doim vaqtida ovqatlanish va baʼzan bu vaqtni oʻtkazib yuborish boʻyicha tajriba oʻtkazing.

7. Qoʻshimcha qoʻshilgan emas, tabiiy taom isteʼmol qiling.

8. Oʻndan ortiq ingrediyent qoʻshilgan ultra-qayta ishlangan mahsulotdan iloji boricha foydalanmang.

9. Ichak mikroblari xilma-xilligini yaxshilaydigan mahsulot, masalan, yogʻli tabiiy yogurt, qatiq, tuzlangan karam, pishloq yeb turing.

10. Qonda shakar miqdorini oshiradigan shirin ichimlik, oq non kabi tozalangan uglevodlardan tiyiling.

11. Goʻsht va baliq isteʼmolini kamaytiring.

12. Oʻzingiz va kelgusi avlodgahaqiqiy ovqatning ahamiyatini tushuntiring.

***

Bizning “Jahonmatbuotisahifalarida” nomliyangi ruknimizga oidtilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni soʻraymiz.