French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksida O‘zbekiston 155 o‘rinni egalladi
15:24 / 2022-01-24

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2021 yil davomidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Qonunchilik muammolari instituti direktori, professor F.Otaxonov 2021 yilda institut tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi. Xususan, hisobot davrida institut tomonidan Oliy Majlis palatalariga amaldagi qonunlar va qonun loyihalari yuzasidan 32 ta ilmiy xulosa, 7 ta Oliy Majlis palatalarining qarori loyihalari yuzasidan takliflar, 156 ta axborot-tahliliy ma’lumot, 12 ta chora-tadbirlar Dasturi loyihalari yuzasidan asoslantirilgan takliflar taqdim etilgan.  

Hisobot davrida institut tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro maydonda bildirgan tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi idoralar faoliyatiga ko‘maklashish yo‘nalishida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.  Xususan, institut tomonidan Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasi loyihasi, «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasi loyihasi, Inson huquqlarini ta’minlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risidagi xalqaro rezolyutsiya loyihasi, Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi BMT xalqaro kodeksi va uning konsepsiyasi loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. 

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 2021 yilda institut tahririy faoliyat yo‘nalishida ham katta natijalarga erishilgan. Jumladan, «Qonunchilik muammolari axborotnomasi» ilmiy-amaliy jurnalining 4 ta soni nashr etildi. Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Parlament faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashning dolzarb masalalari», «Yoshlar va saylov: elektoral madaniyatni oshirishning dolzarb masalalari» mavzularidagi xalqaro konferensiya materiallari to‘plamlari tayyorlanib chop etildi. 

Shuningdek, institut tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi tarixiy nutqi va unga bildirilgan munosabatlar to‘plami», «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy – huquqiy tafakkurining yuksak namunasi» va «Harakatlar strategiyasi – Yangi O‘zbekistonning mustahkam zamini»nomli 3 ta elektron to‘plam tayyorlandi. 


2021 yil institut tomonidan 17 ta xalqaro konferensiya, ilmiy-amaliy seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilgan. Institut va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti devoni Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limining «Parlamentarizm instituti» bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. 2021 yilning 9 iyun kuni Isroil davlati Knesseti Tadqiqot va axborot markazi bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilgan. 

– Institutimiz jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini oshirish va mustahkamlash bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan, – deydi  Qonunchilik muammolari instituti direktori, professor Fozil Otaxonov. – 25 ta mamlakat, xususan, Finlyandiya, Norvegiya, Kanada, Shveysariya kabi davlatlarning ijobiy tajribasi o‘rganilib, "The Economist Intelligence Unit" tadqiqot markazining «Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi» bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy yo‘riqnomasi asosida tizimli ishlar amalga oshirildi. 2012 yilda 176 ta davlatning ichida O‘zbekiston 161 o‘rinda edik. 2017 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 158 o‘ringa chiqdi. 2021 yilda jahon demokratiya indeksida O‘zbekiston 155 o‘rinni egalladi. Buni ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz yildan-yilga xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab bormoqda. 



Matbuot anjumanida institut “Mening fikrim”  veb-portalining moderatori hisoblanishi,  2021 yil davomida “Mening fikrim” veb-portaliga fuqarolar tomonidan 888 ta elektron jamoaviy murojaat kelib tushgan.

Anjuman davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi D.Fayziyeva, Oliy Majlis Senatining qo‘mita raislari M.Qodirxonova va O.Iminov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari T.Madumarov institutning keng ko‘lamli faoliyati yuzasidan munosabatlar bildirdi. 

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA