Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
00:04 / 2024-04-27

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi start oldi. 

Musobaqaning kechki dasturi davomida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek, Xalqaro gimnastika federatsiyasi rasmiylari va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

[gallery-17128]

Marosimda so‘z olgan rasmiylar Toshkent an’anaviy tarzda Jahon kubogi bosqichlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib kelayotgani, bu orqali Xalqaro gimnastika federatsiyaning ishonchli hamkorlaridan biriga aylanganini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi bilan marosim davom etdi.

28-aprelga qadar davom etadigan bu yilgi bahslarda dunyoning 34 mamlakatidan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Bugun yakkalik va guruh mashqlari dasturlarida saralash bahslari o‘tkazildi. Ertadan medallar uchun bellashuvlar boshlanadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA