Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogida triatlonchi ayollar bahslarga kirishdi
12:49 / 2025-05-24

Samarqanddagi "Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida o‘tkazilayotgan triatlon bo‘yicha “World Triathlon Cup Samarkand-2025” musobaqasining ayollar bellashuvlari boshlandi.

35 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqada ishtirokchilar standart yo‘nalishda 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velosiped va 10 kilometr yugurish musobaqalarida kuch sinashmoqda.  

O‘z navbatida ertalab start berilgan “World Triathlon Para Cup Samarkand-2025” jahon kubogi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Antonio Arimani va O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov ishtirok etdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari