French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogida qatnashadigan taekvondochilar mamlakat kubogida saralandi
16:32 / 2022-11-28

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida taekvondo ITF bo‘yicha uch ming nafarga yaqin yoshlar, o‘smirlar va kattalar ishtirokida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilari taekvondo ITFning shaxsiy va jamoaviy massogi, shaxsiy va jamoaviy tul, seldefens yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. 

Shiddatli bellashuvlar natijasiga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rin Toshkent viloyati jamoasiga nasib etdi. Ulardan keyingi pog‘onalarni Toshkent shahri, Buxoro va Surxondaryo viloyati vakillari egalladi. 

Poyoniga yetgan kubok musobaqalari joriy yilning 8-12 dekabr kunlari Belarus poytaxti Minskda bo‘ladigan Jahon kubogi hamda kelgusi yil aprel oyida Amerikaning Las-Vegas shahrida o‘tishi kutilayotgan xalqaro turnirda qatnashadigan mahoratli sportchilarni saralashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.   

T. Ro‘ziyev, O‘zA