Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogida medallarimiz 3 taga yetdi
10:10 / 2024-06-24

Para pauerlifting bo‘yicha Tbilisi shahrida o‘tayotgan jahon kubogida para atletlarimiz g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.

Kubok bahslarining erkaklar o‘rtasidagi -88 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Husniddin Usmonov umumiy 627 kg. natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha ayollar o‘rtasida Ruxshona O‘ktamova -61 kg. vazn toifasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritib, ushbu natija orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordini ham bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi. Shuningdek, Bekzod Jamilov esa -70 kg. vazn toifasida bronza medaliga ega chiqqandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA