Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi:1/2 final. Yoqubboyev-Sindorov, Yesipenko- Vey kurashi davom etadi
12:04 / 2025-11-22

Bugun, 22 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan jahon kubogi1/2 finalining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha Nodirbek Yoqubboyev- Javohir Sindorov hamda Andrey Yesipenko- Vey I o‘rtasidagi dastlabki o‘yinlarda tomonlar murosa yo‘lini tanlagandi.

Bugun yarim finalning ikkinchi turida Sindorov oq donalarda, Yoqubboyev qora donalarda harakatlanadi.

Shuningdek, bugun yarim finalning ikkinchi juftligida rossiyalik Andrey Yesipenko va xitoylik Vey I musobaqasi ham bo‘lib o‘tadi.

Agar bugun ham tomonlar durangga erishsa, ertaga, 23 noyabr kuni tay-brek o‘yinlari sarhisobi bilan yarim finalning g‘oliblari aniqlanadi.

1/2 finalda g‘alaba qozongan shaxmatchilar jahon shaxmat toji uchun 2026 yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan da’vogarlar turniri yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Yarim finalda imkoniyatni boy berganlar 3-o‘rin uchun bahsda da’vogarlar turnirining so‘nggi yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogi musobaqalarining final va 3-o‘rin uchun  kechadigan musobaqalar 24-26 noyabr kunlari tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA