Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi: Yarim finalning ilk bahsida murosa yo‘li tanlandi
19:11 / 2025-11-21

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogining 1/2 finalining dastlabki tur o‘yinlari yakunlandi.

Dunyo shaxmat ixlosmandlari kuzatib borgan ushbu bosqichda ikki grossmeysterimiz  - Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov ro‘baro‘ keldi. Biroz avval yakunlangan yarim finalning ilk partiyasida murosa yo‘li tanlandi.

Ertaga, 22 noyabr kuni yarim finalning ikkinchi turida Sindorov oq donalarda harakatlanadi.

Shuningdek, bugun yarim finalning ikkinchi juftligida rossiyalik Andrey Yesipenko va xitoylik Vey I musobaqasida durang natija qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1/2 finalda g‘alaba qozongan shaxmatchilar jahon shaxmat toji uchun 2026 yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan da’vogarlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Yarim finalda imkoniyatni boy berganlar 3-o‘rin uchun bahsda da’vogarlar turnirining so‘nggi yo‘llanmasi uchun bahslashadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogi musobaqalari 26 noyabrga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA