Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi: Shaxmatchilarimiz Germaniya va Armaniston vakillari bilan kuch sinashadi
12:38 / 2025-11-14

Bugun, 14 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat bo‘lgan jahon kubogining 5-bosqich bahslariga start beriladi.

Ortda qolgan 4-bosqich doirasidagi asosiy va tay-breyk o‘yinlarida hamyurtlarimizdan Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik Pranav bilan dastlabki turda 0,5:0,5 hisobida durang o‘ynab, javob uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Iste’dodli shaxmatchimiz Javohir Sindorov esa xitoylik Yu Yang I bilan dastlabki bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Kecha, 13 noyabr kuni o‘tkazilgan tay-breyk uchrashuvida esa Sindorov 1,5:0,5 hisobida ustunlikka ega bo‘ldi.

Bugun 5-bosqichning ilk turida Sindorov germaniyalik Frederik Svane bilan, Yoqubboyev armanistonlik Gabriel Sarkisyan bilan kuch sinashadi.

Aytish lozim, 5-bosqich musobaqalari 16 noyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA