Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi: Finalga yo‘l olgan Sindorov da’vogarlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqdi
20:10 / 2025-11-23

Hindistonda o‘tayotgan jahon kubogi o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun har jihatdan omadli kechmoqda.

Javohir Sindorov yarim finalda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyevni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, Jahon kubogi-2025 ning finalchisiga aylandi.

Shu bilan birga FIDE bayrog‘i ostida musobaqada qatnashayotgan rossiyalik Andrey Yesipenko va xitoylik Vey I o‘rtasidagi tay-brek musobaqalari har jihatdan murosasiz o‘tdi. 

Hal qiluvchi qarama-qarshilikda Yesipenko raqibiga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu natija tufayli Javohir Sindorov va Vey I 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE Nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Endi Sindorov finalda Xitoy vakili bilan g‘oliblik uchun bahs olib borsa, Yoqubboyev 3-o‘rin uchun kechadigan “jang”da Yesipenko bilan da’vogarlar turnirining so‘nggi yo‘llanmasi kimga nasib etishiga oydinlik kiritadi.

Final va 3-o‘rin uchun kechadigan musobaqalar 24-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA