Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi: bugun da’vogarlar turnirining 2 nafar qatnashchisi aniqlanadi
10:39 / 2025-11-23

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan jahon kubogi 1/2 finalining 2-tur o‘yinlari ortda qoldi.

Kecha o‘tkazilgan yarim finalning 2-tur o‘yinlarida ham 1-turda bo‘lgani singari Nodirbek Yoqubboyev —Javohir Sindorov hamda Andrey Yesipenko – Vey I o‘rtasidagi bahslarda durang qayd etildi.

Xo‘sh, mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogi musobaqalarining bugungi yarim final bahslarida kimlarga omad kulib boqadi?

Bugun, 23 noyabr kuni ushbu juftliklar o‘rtasida yarim finalning hal qiluvchi bahslari - tay-brek o‘yinlari natijasiga ko‘ra, finalchilar va 3-o‘ringa da’vogarlik qiladigan shaxmatchilar nomi ma’lum bo‘ladi.

E’tiborli jihati, aynan bugun 1/2 finalning tay-brek musobaqasida zafar quchgan shaxmatchilar jahon shaxmat toji uchun 2026 yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan da’vogarlar turnirida qatnashish huquqini qo‘lga kiritsa, 3-o‘rinda kurashadiganlar da’vogarlar turnirining so‘nggi yo‘llanmasi yo‘lida bahslashadi.

Jahon kubogining final va 3-o‘rin musobaqalari 24-26 noyabr kunlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar bugun kuning ikkinchi yarimida Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da boshlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA