Jahon korpuslarida geografik terminlarning berilishi muammosiga doir
Ikrom Xushboqovich ISLOMOV filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori mustaqil izlanuvchi Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston ikrom75islom@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada til korpuslari, ularning semantik razmetkasi va ularni yaratishga doir tadqiqotlar tahlili, shuningdek, leksikaning chegaralangan birliklari bo‘lgan terminlarning berilishi muammosi geografik terminlar misolida tadqiq qilingan. Korpusda terminologik birliklarni semantik teglash tamoyillari va vazifalari, ularning ahamiyati yuzasidan tavsiya va xulosalar maqolada o‘z aksini topgan.
Tayanch so‘zlar: korpus, semantik razmetka, semantik teg, qidiruv imkoniyati, operator va konstanta teglar, geografik termin, iyerarxik munosabat, tasnif, taksonomiya.