Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
17:44 / 2025-11-13

Mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Maktab o‘quvchilaridan boshlab bosqichma-bosqich tarzda “Zakovat” o‘yinlari tashkil etib kelinmoqda. Qolaversa, xalqaro miqyosda ham bunday bellashuvlar o‘tkazilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bunda oliy ta’lim muassasalari talabalari muhim o‘rin tutadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yurtimizdagi intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda jami 113 nafar jamoa ishtirok etib, ular o‘z bilim va tafakkur qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi va ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi tantanali va qiziqarli tarzda tashkil etildi. Unda ishtirokchilar hamda professor-o‘qituvchilar intellektual musobaqaning ahamiyatini ta’kidlashdi.

“Zakovat” o‘yini nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularda analitik tafakkur, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘yin yoshlarni mantiqiy fikrlashga, strategik qarorlar qabul qilish va axborot bilan ishlash malakalarini mustahkamlashga undaydi.  

Universitet bosqichida erishilgan yutuqlar, talabalar uchun keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatli qatnashish va intellektual salohiyatni yanada oshirish imkonini beradi.  

Sherbek Islomov, O‘zA