English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon iqtisodiy forumi Davosda ish boshladi
09:31 / 2023-01-17

Yuzdan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, ellikdan ortiq davlat va hukumat rahbarlari Davosda dunyo duch kelayotgan oziq-ovqat, energetika va boshqa inqirozlarni hal qilish yo‘llarini muhokama qiladi. Bu haqda “euronews” telekanali xabar qildi.

Dushanbadan boshlab 20 yanvarga qadar davom etadigan Jahon  iqtisodiy forumining 53-yillik yig‘ilishida xavfsizlikdan tortib, atrof-muhitga qadar bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan munozaralarni “Bo‘lingan dunyoda hamkorlik” mavzusi birlashtiradi, deyiladi xabarda.  

 “Biz ko‘plab siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar global va milliy miqyosda bo‘linish kuchayib borayotganini ko‘rayapmiz”, dedi Jahon iqtisodiy forumi ijrochi raisi Klaus Shvab.   “Bu yil Davosda ellikdan ortiq davlat va hukumat rahbarlarining ishtirok etishi rekord natijadir”, deb qo‘shimcha qildi u. 

 Shveysariyaning “TAN” gazetasi Davosda AQSH, Xitoy va Rossiyadan yuqori martabali mulozimlaridan qatnashmasligiga e’tibor qaratdi.

 Davosga jami 2,7 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilmoqda.

 

O‘zA