English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni e’tirof etmoqda
14:23 / 2023-12-06

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, ushbu sanani munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, fuqarolarni asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida jipslashtirish, “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” bosh g‘oyasini mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish belgilangan.

Ayni payt Toshkentda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik taraqqiyotning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Barqaror rivojlanish markazi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda sohada faoliyat olib borayotgan olimlar ishtirok etyapti.

Muloqot chog‘ida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati institutlari maqomi, inson huquqi va erkinligi kafolati, Barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari qay darajada aks etganiga e’tibor qaratilyapti.
Keyingi yillarda mamlakat va jamiyat hayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yurtimiz dunyoga ochilmoqda, jahon hamjamiyati esa o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf etmoqda. Barcha jabhalarda – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va madaniy hayotda tub islohotlar jadallik kasb etgan. Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi davlat – O‘zbekiston milliy va global vazifalarni bajarishda o‘ziga xos tajriba to‘pladi. Xalqaro hamkorlik, huquqiy rivojlanish bilan bog‘liq yangilangan yo‘nalishlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan keng qamrovli, tarkibiy islohotlar tufayli O‘zbekiston, deyarli, BRMga uyg‘un turli yo‘nalishlarda sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Konstitutsiyaviy islohot bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Jarayonda fuqarolik jamiyati isntitutlarining ishtiroki, tashabbuslari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada Bosh qomusimizning yangi tahririda xalqning xohish-istagi, ko‘p yillik orzu-umidi mujassamlashdi, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili mustahkamlandi, huquqiy davlat belgilari aksini topdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA