Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon hafta ichida: Finalga chiqqan inglizlar, suvdagi Poseydon, suiqasdga uchragan Tramp
18:06 / 2024-07-14

O‘tayotgan hafta dunyo bo‘ylab turli qiziqarli hodisalarga boy bo‘ldi va o‘ziga xos tarzda yodda qoldi.

Odatga ko‘ra, e’tiboringizga “Jahon hafta ichida” rukni orqali haftaning eng muhim voqealari qisqacha tafsilotini suratlar yordamida havola etamiz.

Ispaniyaning Pamplona shahrida bo‘lib o‘tayotgan San-Fermin festivalida yovvoyi buqa odamlar ustidan sakrab o‘tmoqda.

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusga harbiy hujum payti vayron bo‘lgan uy yonidan o‘tayotgan falastinlik ayol qizini qo‘lida ushlab olgan.

Angliyalik futbolchi Xarri Keyn “Yevro-2024” yarim finalida Niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlamoqda.

AQSH yetakchisi Jo Bayden 11 iyul kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan NATOning 75 yilligiga bag‘ishlangan sammitda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni adashib “Prezident Putin” deb yubordi.

Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambanining kenja o‘g‘li Anant Ambani ko‘p yillik ma’shuqasi Radhika Merchantga uylanib, to‘yga dunyoning ko‘plab mashhur yulduzlari, jumladan Bollivud aktyori Amitabx Bachchan va uning oilasi ham tashrif buyurdi.

Chexiya poytaxti – Praga hayvonot bog‘idagi ayiq jazirama payti muz ustida yotibdi.

G‘azoda garovga olinganlarning oila a’zolari Quddusdagi Isroil parlamenti – Knesset binosi oldida yaqinlarini qaytarish uchun qafasda namoyish o‘tkazmoqda.

Fransiyaning Orlean shahrida o‘tayotgan “Tur de Frans” musobaqasining navbatdagi bosqichida harakatlanayotgan velopoygachilar.

Turkiyaning Anqara shahrida mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirokida “Harbiy sharoitda jurnalistika” mavzusidagi amaliy mashg‘ulot payti.

Bangladeshlik hind dindorlari Dakka shahridagi Buriganga daryosida diniy marosim o‘tkazyapti.

Kanadaning Kalgari shahrida bo‘lib o‘tayotgan ot poygasida chavandoz egardan yiqilib tushdi.

Ukrainaning Kiyev shahrida mahalliy aholi vakili rus raketasi zarbidan shikastlangan mashinasi yonida turibdi.

Hindistonning Mumbay shahrida kuchli yomg‘irdan so‘ng suv bosgan ko‘chada bolalar riksha ortidan yuguryapti.

Kanadaga qarshi Amerika kubogi yarim final o‘yini oldidan to‘plangan argentinalik muxlislar.

Keniya poytaxti Nayrobida soliq oshirilishiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirildi.

Italiya. Yevropaning eng faol vulqoni Etna tog‘i krateridan ko‘tarilayotgan lava.

Xitoyning Rugao shahridagi lotus hovuzi ustidagi yo‘lda soyabon bilan harakatlanayotgan ayollar.

Meksikaning Yukatan yarim orolida yuz bergan to‘fon payti bir kishi suv chetida turgan Poseydon haykaliga qarayapti.

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod – sobiq Prezident Donald Trampga 13 iyul kuni Pensilvaniya shtati Butler shahrida saylov oldi mitingi chog‘ida suiqasd uyushtirildi.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA