English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon hafta ichida
08:33 / 2019-04-29

22-28 aprel muhim voqealari qisqa satrlarda


22-28 aprel muhim voqealari qisqa satrlarda

Shri-Lanka. Mamlakatda terror harakatlari avj oldi. 21 aprel kuni yuz bergan terakt tufayli 23 aprel kuni mamlakatda ”Milliy motam kuni” deb eʼlon qilindi. Ushbu terakt davomi, deb qayd etilgan, 26 apreldan 27 aprelga oʻtar kechasi mamlakat harbiylari va jangarilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan otishmada 15 kishi halok boʻldi.

Fransiya. Versal shaharidagi koʻngilochar markazlar majmuasida kuchli yongʻin yuz berdi.

Venesuela. Mamlakat qirgʻoqboʻyi hududlarida harakatlanayotgan yoʻlovchi kemasining halokati oqibatida 30 kishi bedarak yoʻqolgan.

Xitoy. “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.

Janubiy Afrika Respublikasi. Kuchli yogʻingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarda halok boʻlganlar soni 70 tadan ortdi.

Mozambik. Mamlakatda kuchli shamol boʻronlari ketidan suv toshqinlari kuzatildi.