Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon estrada yulduzlari Xonobodda ko‘chat ekdi
10:45 / 2023-07-19

Xorijlik san’atkorlar, mehmonlar ishtirokida Xonobod shahridagi “Xonobod” sihatgohi bog‘iga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bobur yurti Andijonning eng xushmanzara go‘shasi Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Turk madaniyati xalqaro tashkiloti – Turksoy rahbari Sultan Rayev hamrohligida dunyoga mashhur “Doktor Alban”, Boney M disko hamda Otawan guruhlari san’atkorlari Xonobod shahriga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazdi. 

[gallery-12822]

– O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro estrada festivalida qatnashayotganligimdan behad xursandman, – deydi “Doktor Alban” guruhi asoschisi, kelib chiqishi asli nigeriyalik bo‘lgan shved musiqachisi Alban Uzoma Nvapa. – Ayniqsa, tashkilotchilar esdalik sifatida shahar bog‘iga ko‘chat o‘tkazishdek xayrli ishga taklif etganliklari meni juda quvontirdi. 

Ishonamanki, biz o‘tkazgan ushbu ko‘chatlar yillar o‘tib, ulkan daraxtga aylanadi. Ona tabiatga musaffolik ulashadi. O‘zbekistonliklar esa uni Doktor Albandan esdalik sifatida eslab yurishadi. Xorijlik mehmonlar o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga, Xonobod shahrining xushmanzara va go‘zal tabiatiga yuqori baho berdi. 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (foto),

O‘zA