Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chemponati oldidan matbuot anjumani (+video)
19:13 / 2023-12-25

Samarqand shahrida 25-30 dekabr kunlari blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Bugun chempionatning ochilishi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich, O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev, rapid va blits bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen hamda rapid bo‘yicha 2021 yildagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etdi.

[gallery-15206]

Matbuot anjumanida bu galgi chempionatga ko‘rilgan tayyorgarlik haqida ma’lumot berildi.  

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.Jumladan, Magnus Karlsen Markaziy Osiyoda shaxmatning jadal rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekistonning roli yuqoriligini ta’kidladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/y1q6gv8wDRk" title="Jahon chemponati oldidan matbuot anjumani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

G‘. Hasanov, A.Isroilov (video), Muhammad Amin (surat), O‘zA muxbirlari