Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionligiga erishgan yosh shaxmatchilarimiz tantanali kutib olindi
12:12 / 2025-12-22

Bugun Toshkent yana bir bor yosh iqtidor egalari, aql va sabr bilan dunyo sahnasida o‘z so‘zini ayta olgan farzandlarini katta iftixor bilan kutib oldi.

Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha 9-17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Toshkentda tantanali ravishda kutib olindi.

16-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 33 ta davlatdan 314 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi chempionatga 36 nafar iqtidorli yosh bilan qatnashib, yuqori natija qayd etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, jamoamiz rapid va blits bahslarida jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza.

Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

N.Rahmonova, O‘zA