Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempioni bo‘lgan ilk ayol bokschimizga ikki xonali uyning boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berildi
17:12 / 2021-04-28

Xabaringiz bor, yaqinda Polshaning Kelse shahrida o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz yosh charm qo‘lqop ustalari ham munosib ishtirok etib, terma jamoamiz a’zolari Polshadan 3ta oltin, bitta kumush va 6ta bronza medali bilan ortga qaytishdi.

Kecha bokschimiz o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ham tantanali ravishda kutib olindi. Nigina O‘ktamovani taqdirlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Ishtixon tumani hokimligi, Turizm va sport bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, chempionning yaqinlari va yoshlar ishtirok etdi. Shundan keyin tuman markazidagi “Ustozlar bog‘i”da chempion qiz sharafiga tantanali qutlov tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda qatnashgan Ishtixon tumani hokimi Sh.Negmatov Niginani erishgan yuksak g‘alabasi bilan qutlab, unga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘a, ikki xonali uyning boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berilganligi haqidagi sertifikatni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan Niginaxonga "Nexia 3" yengil avtomobili sovg‘a qilingan edi.