Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 25-jahon chempionatida bugun “MIX” yo‘nalishida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Unda 13 mamlakat sportchilari estafeta tartibida 300 metrga suzish, 6 kilometr velosiped poygasi va 1,6 kilometrga yugurish bo‘yicha bellashdi.
Natijalarga ko‘ra, birinchi bo‘lib finishga shveysariyalik harbiy triatlonchilar yetib keldi. Keyingi sovrinli o‘rinlar Fransiya va Rossiya jamoalariga nasib etdi. Yurtimiz triatlonchi harbiylari marraga to‘rtinchi bo‘lib yetib keldi.
[gallery-24838]
Kecha chempionatning “elite” va “senior” toifalarida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bahslarida g‘oliblar aniqlangandi.
25-jahon chempionati g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash va musobaqaning tantanali yopilish marosimi bugun xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmusida bo‘lib o‘tadi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari