Jahon chempionatining ilk kunida qanday natijalar qayd etildi?
Qatar mamlakati mezbonlik qilayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk kunida "A", "B", "C" va "D" guruhlarida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda Janubiy Afrika 3:1 hisobida Boliviyani taslim etgan bo‘lsa, Kosta-Rika va BAA termalari bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. Shuningdek, Senegal – Xorvatiya 0:0, Yaponiya – Marokash 2:0, Yangi Kaledoniya – Portugaliya 1:6, Argentina – Belgiya 3:2, Qatar – Italiya 0:1, Tunis – Fiji 6:0 hisoblari qayd etildi.

Bugun, 4 noyabr kuni “F”, “H”, “G”, “E” guruhlaridan o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi turnirdagi ilk bahsini 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA