Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlari davom etadi
10:37 / 2025-11-07

Xabaringiz bor, Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha, mundialning "A", "B", "C", "D" guruhlarida 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.

"A" guruhida o‘tkazilgan Janubiy Afrika Respublikasi va Qatar bahsi 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Italiya 4:0 hisobida Boliviyani taslim etdi. Natijada Italiya terma jamoasi ochkolarini 6 taga yetkazib olgan holda yaqqol peshqadamga aylandi. Janubiy Afrika Respublikasi 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, Qatar 1 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Boliviya esa bu turda ham ochkosiz qoldi.

"B" guruhida Portugaliya 6:0 hisobida Marokashni taslim etgan bo‘lsa, Yaponiya va Yangi Kaledoniya bahsi 0:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Portugaliya ochkolari sonini 6 taga yetkazib, birinchi o‘rindan joy oldi. Yaponiya 4, Yangi Kaledoniya 1 ochko bilan 2-3 pog‘onada qoldi. Marokash esa 4-o‘rinda qayd etildi.

"C" guruhida Xorvatiya termasi Birlashgan Arab Amirliklari darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Senegal esa Kosta-Rikani 1:0 hisobida taslim etdi. Xorvatiya va Senegal terma jamoalari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 4 taga yetkazib oldi. Mag‘lub bo‘lgan termalar bir ochko bilan keyingi o‘rinlarga taqsimlandi.

"D" guruhida Argentina 1:0 hisobida Tunisni yengdi va ochkolarini 6 taga yetkazib, navbatdagi bosqichga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi. Belgiyalik futbolchilar Fiji termasini yirik - 7:0 hisobida taslim etdi. Qayd etilgan natijalardan so‘ng, Belgiya va Tunis 3 ochko bilan 2-3 o‘rinlarga joylashdi. Fiji esa ochkosiz so‘nggi o‘rindan joy oldi.

Bugun, 7 noyabr kuni "E", "F", "G" va "H" guruhlarida 2-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi:

Salvador  — Kolumbiya,  

Angliya — Gaiti,  

Germaniya — Shimoliy Koreya,  

Misr — Venesuela,  

Meksika — Kot-d’Ivuar,  

Shveysariya — Janubiy Koreya,  

Braziliya — Indoneziya,

Zambiya — Gonduras.

Javohir Toshxo‘jev,

O‘zA