Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatining 5-kunidan fotoreportaj
18:49 / 2023-12-29

Samarqandda o‘tkazilayotgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha VI jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi.

Bugun “Congress Hall”da jahon chempionatining blits yo‘nalishidagi bellashuvlar boshlandi. Bugunning o‘zida 12 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga esa yana 9 ta tur uchrashuvlari o‘ynaladi.

Ayni damgacha 3 ta tur o‘ynaldi. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 3-turda hindistonlik Raunak Sadhvaniga qarshi bahs olib borib, g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 3 taga yetkazib oldi.

[gallery-15276]

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Hulkar Tohirjonova ham raqibi ustidan zafar quchdi va 3 ochko bilan turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilab oldi.

Jahon chempionati bahslari ertaga yakun topadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA