English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatidan qaytgan dzyudochilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj
10:34 / 2021-06-15

Kecha yarim tundan oqqanda dzyudochilarimiz Vengriya poytaxti Budapesht shahrida kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan yorug‘ yuz bilan qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi.

Dunyoning 118 davlatidan taniqli dzyudochilar qatnashgan musobaqaning yakkalik bahslarida Davlat Bobonov (-90 kg.) kumush medal bilan taqdirlandi hamda “Tokio-2020” Olimpiadasining qimmatli reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.  Chempionat yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 13-o‘rin bilan kifoyalanishdi. 

Aralash jamoaviy bellashuvlarda milliy terma jamoamiz ilk bor bronza medaliga ega bo‘ldi.  Dzyudochilar tarkibi asosan yosh sportchilardan iborat bo‘lgani e’tiborga olinsa, bu katta yutuq.

[gallery-2790]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA