FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Kecha 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dunyo birinchiligi hamda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari rapid yo‘nalishidagi bahslarni tugatdilar.
Afruza Hamdamova rapid bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ara oldi. Umida Omonova esa 5 ochko bilan musobaqani yakunladi. Muhiddin Madaminov o‘z guruhida 6 ochko to‘pladi. Humoyun Bekmuratov bilan Muhammadzohid Suyarovda esa 5,5 ochkodan.
Bugun shaxmatchilar dam oladi. 6 avgust kuni esa blits yo‘nalishidagi bahslar boshlanadi.
Jahon chempionati dunyoning Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Ispaniya, Vengriya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Nigeriya, Sloveniya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, AQSH davlatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun dona surayotgani bilan ahamiyatlidir.
[gallery-18579]
Mazkur nufuzli musobaqada Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Xumoyun Bekmuratov, Almaz Rahmatullayev, Asrorjon Omonov, qizlar orasida esa Afruza Hamdamova, Guldonoa Karimova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Ozoda Shahzodova, Gulxumor Najmiddinova, Mohizoda Muxsinova kabi ko‘plab iqtidorli vakillarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Joriy yilning 7 avgust kuni g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA