Xitoyda tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoada 2-o‘rinni egalladi.
O‘ttizga yaqin davlatdan 540 nafardan ziyod polvonlar qatnashgan jahon chempionatida Vohiddin Najmiddinov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bahslarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.
Musobaqaning estafeta siltab ko‘tarish bahslarida Shavkat To‘rayev, Shohruh Usmonov, G‘ayrat Jabborov, Navro‘zbek Oxunjonov, Umidjon Sobirov, Oybek Elamonov, Ahadjon Mamatov va Javohir Eshmamatov raqiblarini dog‘da qoldirgan holda 1-o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, mahoratli polvonlarimizdan X.Saidnazarov (63 kg.), A.Ro‘ziboyev (68 kg.), Sh.Sodiqov (78 kg.), M.Hamdamov (85 kg.), J.Xudoyqulov (95 kg.), R.Ne’matov (90 kg.), M.Jamilov (+95 kg.), B.Toshquvvatov (+95 kg.) va J.Qurbonov (90 kg.) o‘z yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlikka erishdi.
Jahon chempionatida 17 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. Rossiya vakillari birinchi, avstraliyalik sportchilar uchinchi o‘ringa egalik qildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA