English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan bokschilar taqdirlandi
10:08 / 2018-09-26

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligida tantanali tadbir oʻtkazildi.


Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligida tantanali tadbir oʻtkazildi.

Viloyat hokimligi masʼullari, sport sohasi mutaxassislari, sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda sportni, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, mamlakat va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida viloyat sportchilari munosib ishtirok etib kelayotgani taʼkidlandi.

Maʼlumki, joriy yilning 21-30 avgust kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida yoshlar oʻrtasida boks boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilgan edi. Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Toshkent viloyati vakillari ham munosib ishtirok etdi. Xususan, Abdumalik Xoliqov faxrli birinchi oʻrinni, yana bir bokschi Navo Taymazov esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tadbirda ushbu yosh charm qoʻlqop ustalari, ularning ota-onalari va murabbiylari viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.