Jahon chempionatida bugun yarim finalchilar aniqlanadi
Qatar mezbonligida tashkil etilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi.
Gap shundaki, mundialda bugun chorak final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichning ilk o‘yini Avstriya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tadi. O‘yin mamlakatimiz vaqti bilan 17:30 start oladi. Oradan bir soat o‘tib esa Italiya va Burkina-Faso termalari (18:30) yarim final uchun raqobatlashadi.
Shuningdek, yurtimiz vaqti bilan soat 19:45 va 20:45 da esa Portugaliya — Shveysariya hamda Marokash — Braziliya terma jamoalari bahsiga guvoh bo‘lamiz.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining yarim final bosqichi 24 noyabr, final esa 28 noyabr kuni “Khalifa International” stadionida o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA