French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatida Bahodir Jalolovning o‘rnini kim egallaydi?
15:27 / 2021-10-21

Xabar berganimizdek, 25 oktyabrda Serbiyada boshlanadigan jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston boks terma jamoasining sardori, olimpiya va jahon chempioni Bahodir Jalolov ishtirok etmaydi.

"Tokio-2020" dan keyingi jismoniy va ruhiy tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan Bahodir Jalolovning o‘rniga Serbiya ringlarida bokschilarimizga qaysi sportchimiz sardorlik qiladi?

“Orient Finance Bank”ning anjumanlar zalida o‘tgan matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi ushbu holatga izoh berib, 21-jahon chempionatida O‘zbekiston bokschilariga sardorlikni jahon chempionlari Shahobiddin Zoirov va Mirazizbek Mirzaxalilov amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Sardorlikka aynan ikki bokschimizning belgilanishini ularning bosiqligi, mulohazakorligi hamda jamoadoshlariga ruhiy quvvat berishdagi xislatlari bilan ajralib turishini ta’kidladi M. Qurbonov.

Ushbu holatga izoh bergan har ikkala bokschimiz, sardorlikda murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilishini, lekin Jalolovning terma jamoadagi o‘rnini hech bir bokschi  bosolmasligini e’tirof etishdi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA